AQSHdagi toʻfon qurbonlari soni oshdi
AQSHda “Xelen” toʻfoni qurbonlari soni 65 kishiga yetdi. Ularning uchdan bir qismi qulagan daraxtlar ostida halok boʻlgan.
Uch million nafardan ortiq aholi elektrsiz qoldi. NBC News xabariga koʻra, uzilishlar Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Tennessi va Virjiniya shtatlari aholisiga taʼsir koʻrsatdi.
4-toifali “Xelen” toʻfoni 26-sentyabr, payshanba kuni kechqurun Florida shtatining Big Bend mintaqasiga yetib keldi. Ertasi kuni tushgacha u tropik depressiyaga aylandi. Yaʼni doimiy shamol tezligi soatiga 225 dan 48 km gacha pasaydi.
Sinoptiklarning bashorat qilishicha, boʻron shimolga qarab kuchayishda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring