Trampning Eronga qarshi siyosati AQSHda xavotir uygʻotmoqda
Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Trampning Eron yadro dasturi boʻyicha siyosati AQSHda xavotir uygʻotmoqda. Bu haqda ekspertlarga tayanib “The New York Times” yozmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, Oʻmonda boʻlib oʻtadigan Eron — AQSH yadroviy kelishuvi boʻyicha muzokaralar “muhim muammolar va munosib ishonchsizlikka duch kelmoqda”.
“Men juda xavotirdaman. Tramp maʼmuriyati tomonidan qoʻllanilgan tahdid ostidagi bu muzokara taktikasi, Eronga nisbatan jiddiy siyosat oʻrnini bosa olmaydi”, — deydi Eron boʻyicha ekspert, Brukings institutining tashqi siyosat dasturi direktori Syuzan Maloni.
Oʻz navbatida, “Chatham House”ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dasturi direktori Sanam Vakil AQSH va Eron ayro yoʻlda ekanini va inqirozga yaqinlashib qolganini taʼkidladi.
Shu yilning 7-mart kuni Tramp Eron bilan yadro dasturi boʻyicha kelishuvga erishish istagini bildirdi. Shu oʻrinda u “yadroviy qurolga ega boʻlgan boshqa davlat” paydo boʻlishiga qarshi ekanini taʼkidladi.
Keyinchalik Oq uy rahbari davlatlar oʻzaro til topisha olmasa, Eronni “misli koʻrilmagan bombardimon qilish” bilan tahdid qildi.
Shu yilning 8-aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt AQSH — Eron muzokaralari 12-aprel, shanba kuni boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.
Oʻz navbatida, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSH prezidenti Donald Trampning tahdidli bayonotidan keyin mamlakat armiyasini jangovar shay holatga keltirdi.
Shu bilan birga Eron Iroq, Kuvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynga AQSHning Eronga hujumini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, amerikalik harbiylar tomonidan ushbu mamlakatlar hududidan foydalanish “dushmanlik harakati” sifatida baholanishi haqida ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring