AQSHda maktabda oʻt ochgan bolaning onasi qasddan boʻlmagan qotillikda aybdor deb topildi

12:19 07 Fevral 2024 Dunyo
240 0

45 yoshli Jennifer Krambli bolasi tomonidan uyushtirilgan ommaviy otishmada qasddan boʻlmagan qotillikda ayblangan birinchi amerikalik ona boʻldi. Prokurorlar uni oʻgʻliga qurol sotib olishda beparvolik qilganlikda va xavotirli belgilarga eʼtibor bermaganlikda aybladi.

Uning turmush oʻrtogʻi Jeyms ham xuddi shunday ayblovlar bilan sudlanishi kutilmoqda, u oʻz aybini rad etmoqda.

Ularning oʻgʻli Itan 2021-yil dekabr oyida Michigandagi maktabda ommaviy otishma sodir etib, toʻrt nafar sinfdoshini oʻldirgan. Hozir u 17 yoshda va umrbod qamoq jazosini oʻtamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер