AQSHda Immigratsiya xizmati ofisiga miltiqdan oʻt ochildi — qurbonlar bor
AQSHning Dallas shahrida nomaʼlum shaxs Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) ofisiga miltiqdan oʻt ochdi. Hujum natijasida ikki nafar qoʻlga olingan migrant halok boʻldi, yana bir kishi ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Hujumchi oʻzini oʻzi otib halok qilgan. ICE xodimlari orasida jabrlanuvchilar yoʻq, deb xabar bermoqda Reuters.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa 24-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Hujumga uchragan ofisda yangi qoʻlga olingan migrantlarning dastlabki roʻyxatdan oʻtkazilishi va maʼmuriy jarayonlari amalga oshirilardi. Xabarlarga koʻra, hujumchi yaqindagi bino tomidan tartibsiz oʻt ochgan. Qurolli zarbalar ostida qolgan migrantlar ofis yonida toʻxtab turgan furgonda boʻlishgan.
FQB direktori Kesh Patel ijtimoiy tarmoqda hujumchiga tegishli deb taxmin qilinayotgan oʻq-dori gilzalarini aks ettirgan suratni eʼlon qildi. Ulardan birida “ANTI-ICE” yozuvi borligi maʼlum qilindi.
“Dastlabki dalillar tahliliga koʻra, hujum ideologik motivga ega boʻlgan”, — dedi Patel.
Fevralda Donald Trampning yana Oq uyga qaytishi ortidan AQSHda migratsiya siyosati keskin kuchaytirildi. Iyun oyida San-Fransiskoda ICE reydlari ommaviy norozilik chiqishlariga, baʼzi joylarda tartibsizliklarga sabab boʻldi. Javoban Tramp Kaliforniyaga milliy gvardiya va dengiz piyodasi boʻlinmalarini yuborgan, bu esa shtat hukumatining noroziligiga sabab boʻlgan edi.
ICE harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari Nyu-York, Ostin va Dallasda ham oʻtkazilgan. Nyu-Yorkda iyun oyida “Ularni qaytaring” shiori ostidagi miting Trampga tegishli Trump Tower binosida boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring