AQSHda ikkinchi fuqarolar urushi boshlandi — Mask
Foto: Reuters
AQSHlik milliarder Ilon Mask Amerikada ikkinchi fuqarolar urushi allaqachon boshlanganini maʼlum qildi. Tadbirkor bu haqda oʻzining “X” ijtimoiy platformasidagi akkauntida yozdi.
Mask boshqa bir foydalanuvchining AQSH immigratsiya va bojxona nazoratiga qarshi norozilik namoyishlari tufayli AQSHliklarni ikkinchi fuqarolar urushi boshlanganini tan olishga chaqirgan postiga izoh berib, “Menimcha, shunday”, deb yozgan.
Shu yilning yanvar oyida Minneapolis AQSH prezidenti Donald Trampning immigratsiya siyosatini qatʼiylashtirish choralariga qarshilik markaziga aylandi. AQSH immigratsiya va bojxona nazorati xodimlarining hujjatsiz immigrantlarni aniqlash va deportatsiya qilishdagi harakatlari aholining gʻazabini qoʻzgʻatdi va hibsga olishlar paytida qurbonlar vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Shu bilan birga, AQSH prezident maʼmuriyati namoyishchilarni terrorizmda ayblamoqda va federal agentlarning mamlakatga migratsiyani cheklashga urinishdagi harakatlarini ragʻbatlantirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring