AQSH Zelenskiy kelasi hafta tinchlik rejasini imzolashini kutmoqda
AQSH hukumati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 27-noyabr — Shukronalik kuniga qadar tinchlik rejasini imzolashiga umid qilmoqda. Bu haqda “The Financial Times” xabar berdi.
Manbalarning taʼkidlashicha, AQSH rasmiylari toʻliq jarayonni dekabr boshiga qadar tugatishni istamoqda.
Biroq nashrning yozishicha, bunday jadvalning amalga oshishi juda ehtimoldan yiroq. Chunki rejaning ayrim bandlari Kiyev uchun qabul qilib boʻlmaydigan talablardan iborat.
Avvalroq Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko AQSH taklif qilgan tinchlik rejasining matnini eʼlon qilgandi. U 28 banddan iborat boʻlib, ular orasida:
— Ukrainaning NATOga kirishdan voz kechishi,
— hujjat imzolangach 100 kun ichida saylovlar oʻtkazilishi,
— Qrim, Lugansk va Doneskning de-fakto Rossiyaga tegishli, deb tan olinishi kabi talablar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring