AQSH “Shimoliy Oqim-2”ni qayta ishga tushirmoqchi

16:18 04 Mart 2025 Dunyo
387 0

Arxiv foto

AQSH “Shimoliy Oqim -2” gaz quvurini qayta ishga tushirishda ishtirok etmoqda. “Financial Times” nashrining yozishicha, gʻoyani amerikalik investorlar qoʻllab-quvvatlamoqda. Qayd etilishicha, prezident Donald Tramp maʼmuriyatining yuqori martabali vakillari ushbu tashabbusni “Moskva bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyati” deya hisoblamoqda.

Shuningdek, ular loyihaning qayta ishga tushirilishini Rossiya —Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarda ishlatilishi mumkin boʻlgan strategik vosita sifatida koʻrmoqda.

Rejani amalga oshirish AQSHning Yevropa energetika bozoriga taʼsirini kuchaytirishi mumkin. “Shimoliy Oqim -2” ni tiklash Amerika sanksiyalarini bekor qilish, Rossiyaning gaz taʼminotini qayta tiklashga roziligi, Germaniyaning barcha yevropalik xaridorlar uchun gaz quvuriga kirish huquqi talab qilinadi. Kreml ushbu mavzu boʻyicha hech qanday muzokaralardan xabardor emasligini aytgan.

“Reuters”ning xabariga koʻra, AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish rejasini ham ishlab chiqmoqda. Oq uy Davlat departamenti va moliya vazirligiga diplomatik hamda iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish boʻyicha yumshatilishi mumkin boʻlgan sanksiyalar roʻyxatini tayyorlashni buyurgan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hozirda idoralar ayrim yuridik va jismoniy shaxslardan, shu jumladan, baʼzi rus tadbirkorlaridan sanksiyalarni olib tashlash boʻyicha taklif tayyorlamoqda. Sanksiyalarni yumshatish evaziga Vashington Moskvadan nimani talab qilishi mumkinligi hali aniq emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер