AQSH prezidentining haykali anomal issiqdan erib ketdi

19:31 26 Iyun 2024 Dunyo
520 0

Foto: Getty images / Telegram

Amerika Qoʻshma Shtatlarining 16-prezidenti Avraam Linkoln memorialining 6 futlik mum haykali anomal issiqdan erib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvaliga haykalning boshi, keyin bir oyogʻi haddan tashqari issiqlik tufayli erib, tomchilay boshlagan.

Foto: Getty images

Yodgorlik Vashingtondagi Barker Kampi — fuqarolar urushi davridagi qochqinlar (afroamerikaliklar) lagerida oʻrnatilgan boʻlib, hozirda mazkur hududda boshlangʻich maktab joylashgan.

Foto: Getty images

U virjiniyalik rassom Sandy Uilyams IV tomonidan yasalgan mum haykallar seriyasining bir qismi sifatida bino boʻlgan.

Manbaga koʻra, hozirda haykalni qayta taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?