AQSH Mudofaa vazirligi qoshida yangi maxsus guruh tuzildi
Arxiv foto
AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset idoralararo qoʻshma ishchi guruhi tuzilganini maʼlum qildi. Uning maqsadi AQSHga dushman boʻlgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan “osmon xavfsizligini taʼminlash” boʻladi.
“Dushman uchuvchisiz uchoqlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shuning uchun men armiya kotibi Daniyel Driskollga osmonimiz xavfsizligini taʼminlash uchun 401-birlashgan idoralararo tezkor guruhni tuzishni topshirdim”, — deydi Xegset.
Shu yilning may oyida AQSH Mudofaa vaziri harbiy-texnik xarajatlarni qayta koʻrib chiqish zarurligini eʼlon qilgan edi. Driskollning taʼkidlashicha, koʻrib chiqish sabablaridan biri Rossiyaning yiliga milliontagacha dron ishlab chiqarish qobiliyatidir. U, shuningdek, “800 dollarlik dron”ni yoʻq qilish uchun bir necha million dollarlik uskunani sotib olishni AQSH oʻziga ep koʻrmasligini taʼkidladi.
Driskoll, shuningdek, AQSH harbiylari uchuvchisiz samolyotlarni yaratish va ishlab chiqarishda duch keladigan koʻplab masalalarga, jumladan, texnologiya, oʻqitish va moliyalashtirish kabilariga ishora qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring