AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni toʻxtatdi
Arxiv surat
AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Rafahda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan keng koʻlamli hujumning oldini olish maqsadida Isroilga qurol-yarogʻ yetkazib berishni toʻxtatgan.
Bu haqda «Associated Press» va «Reuters» axborot agentliklari ismi oshkor etilmagan AQSH rasmiylariga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari aprel oyida Isroil Rafahda qoʻllashi mumkin boʻlgan maxsus qurol-yarogʻlarning yuborilishini oʻrganib chiqqan. Shundan soʻng qurol yetkazib berish toʻxtatilgan.
«Wall Street Journal»ning oʻz manbalariga tayanib yozishicha, AQSH 6500 taga yaqin JDAM aviabombalari joʻnatilishini kechiktirgan. Kechikishlar Isroil Rafahdagi tinch aholi qurbonlarini oldini olish choralarini koʻrmagunicha davom etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring