AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

Illyustrativ foto
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda “Associated Press” oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
“Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas”, — deyiladi manbada.
Shu bilan birga, taqiq joriy etilgunga qadar Xitoy fuqarolari bilan munosabatda boʻlgan davlat xizmatchilari taqiqdan ozod qilinish uchun ariza berishlari mumkin. Biroq, agar ariza rad etilsa, ular darhol oʻz munosabatlarini toʻxtatishi yoki lavozimini tark etishlari talab qilinadi.
Avvalroq, Kolumbiya universiteti professori Robert Legvold, agar prezident Donald Tramp maʼmuriyati Xitoyga qarshi kursini davom ettirsa, dunyoda AQSH va Xitoy oʻrtasida sovuq urush boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring