AQSH Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish istagini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi
Foto: РИА «Новости»
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, agar Xelsinki va Stokgolm tomonidan shunday toʻxtamga kelinsa, AQSH Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish tashabbusini qattiq qoʻllab-quvvatlaydi.
“Albatta, biz ulardan bu boradagi qarorni kutamiz. Agar ular shunday qaror qabul qilsalar, biz buni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz”, deydi Blinken.
Uning taʼkidlashicha, bu sohadagi oʻzgarishlarni iyun oyi oxirida, Shimoliy Atlantika alyansining eng yuqori darajadagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan paytda kutish mumkin.
“Yaxshi bilasiz, NATO sammiti yaqinlashmoqda. Shu bois sammitgacha bu mavzu haqida koʻproq eshitamiz, deb umid qilaman”, deya qoʻshimcha qildi Blinken.
Shimoliy Atlantika alyansining yigʻilishi 29-30-iyun kunlari Ispaniyada boʻlib oʻtadi.
Avvalroq, Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson va tashqi ishlar vaziri Ann Linde hukumat mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansidagi aʼzoligi boʻyicha referendum oʻtkazishga qarshi ekanini maʼlum qilgan edi.
Anderssonning soʻzlariga koʻra, bu masalada davlat xavfsizligiga taalluqli va maxfiylik sarlavhasi ostidagi maʼlumotlar juda koʻp, yaʼni uni muhokama qilib boʻlmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring