AQSH Yevropaga yetarlicha neft va gaz sotib olmasa bojlarni oshirish bilan tahdid qildi
Agar Yevropa AQSHdan yetarli darajada neft va gaz sotib olmasa, Oq uy Yevropa Ittifoqiga bojlarni oshiradi. “The New York Times” nashrining yozishicha, bu tahdid haqida Oq uyning nomi oshkor etilmagan vakili aytib oʻtgan.
Agar Yevropa Ittifoqi uch yil ichida energiya resurslarini 750 million dollarga sotib olish majburiyatini olgan kelishuvni buzsa, savdo siyosati yanada qattiqlashishi mumkin. Biroq ekspertlar AQSH prezidenti Donald Trampning boshqa davlatlar rahbarlari bilan erishgan kelishuvlarida energiya xomashyosini sotib olish majburiyatlari ham, kelishuvlar buzilgan taqdirda yetkazib beruvchining huquqlarini himoya qilish vositalari ham mavjud emasligini tan olishadi.
“Ushbu hajmlar iqtisodiy maʼnoga ega boʻlsa ham, Yevropa Ittifoqi ishtirokchi mamlakatlardagi xususiy kompaniyalarni bunchalik koʻp xarid qilishga majburlay olmaydi. AQSH hukumati esa oʻz neft va gaz kompaniyalariga mahsulotlarini qayerda sotishni aytishga haqqi yoʻq”, — deydi maqola muallifi.
Nashrning qayd etishicha, shartnoma shartlari bajarilishini taʼminlash uchun yevropaliklar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida talabni birlashtirish va uni AQSHdan mos keladigan yetkazib berish bilan moslashtirish uchun “maxsus jarayon”ni boshlashni rejalashtirmoqda. AQSH yetarli ishlab chiqarish va eksport salohiyatini taʼminlash orqali ushbu xaridlarni qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Fransuz siyosatchilari Yevropa Ittifoqining AQSH bilan savdo bitimini sharmandali va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar uchun boʻysunish yoʻli deb taʼriflagandi. Fransiya Sotsialistik partiyasi bosh kotibi Pyer Juvega koʻra, Tramp bilan kelishuv mohiyatan Yevropaning vassallashuvini anglatadi, chunki davlatlar yagona blok sifatida harakat qilishdan koʻra, oʻz milliy manfaatlariga eʼtibor qaratishni tanlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring