AQSH 300 mingdan oshiq muhojirni hozircha deportatsiya qilmaydi
Salvador, Gonduras, Nepal va Nikaraguadan kelib, AQSHda noqonuniy yurgan 300 mingdan oshiq migrantlar 2025-yilgacha mamlakatda qolishi mumkin. Ular hozircha deportatsiya qilinmaydi. Bayden maʼmuriyati ularga vaqtincha ruxsat bermoqda. Bu insonlar Amerikada kelasi bir yarim yil mobaynida yashash va ishlash huquqiga ega boʻladi. Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasning aytishicha, bu mamlakatlarda ekologik halokat va ofatlardan keyin hayot ogʻir ekanini hisobga olib, hukumat shunday toʻxtamga kelgan. Vaqtincha himoya ostida degan maqom Kongress izni bilan beriladi va bir yarim yilgacha choʻzilishi mumkin.
Undan keyin ham uzaytirilishi uchun qonuniy zamin bor. 1990-yilda joriy etilgan bu tartib xavfsiz migrantlarni himoya qilish uchun yoʻlga qoʻyilgan. Ular AQSH hukumatiga vatanida yashash tahlikali ekanini isbotlay olishi shart. Bu dastur doirasida hozirda 16 mamlakatga shunday muhit sifatida qaraladi: Afgʻoniston, Kamerun, Salvador, Efiopiya, Gaiti, Gonduras, Myanma, Nepal, Nikaragua, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Ukraina, Venesuyela va Yaman.
Donald Tramp prezidentligi davrida bu kabi imkoniyatlar bekor qilingan edi. Lekin oʻshanda ham federal sudlar Oq uyning farmonlarini chetga surib, mamlakat ayrim migrantlarga ochiq, deya qaror chiqargan. Amerikada qolish muddati choʻziladigan har bir migrant muayyan tekshiruvlardan oʻtishi kerak boʻladi. Ichki xavfsizlik vazirligiga koʻra, kim qolish-qolmasligi haqida muhojirlar onlayn aniqlashi mumkin boʻladi. Immigratsiya tarafdorlari hukumatdan Amerikada hujjatsiz yashab yurgan millionlab ajnabiylarga shunday ruxsat berishini istaydi, ammo Kongress aʼzolari orasida bunga keskin qarshilar talay. Bayden maʼmuriyati ham hamma nolegal migrantlarni kechirishni istamaydi.
Vaqtincha boshpana berish qaror yangi kelayotganlarga taalluqli emas. Bu yangilik 1980, 1990 va 2010-yillardan beri AQSHda yurganlar taqdiri bilan bogʻliq.
Abduvali Saybnazarov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring