AQSH 24 soat ichida Eronga zarba berishi mumkin — “Reuters”
“Reuters” agentligi Yevropa rasmiylariga tayanib xabar qilishicha, AQSH tomonidan Eronga qarshi harbiy amaliyot oʻtkazilishi ehtimoli juda yuqori boʻlib, u yaqin 24 soat ichida boshlanishi mumkin. Manbaga koʻra, operatsiyaning aniq koʻlami va vaqti hozircha ochiqlanmagan.
Isroil rasmiylaridan biri “Reuters”ga bergan izohida AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatni amalga oshirishga qaror qilgandek koʻrinayotganini, biroq amaliyot qanday shaklda oʻtishi hali aniq emasligini aytgan.
Shu bilan birga, Eron AQSH hujumi yuz bergan taqdirda javob zarbalari berilishi haqida qoʻshni davlatlarni ogohlantirgan. “Reuters”ning yozishicha, Tehron Saudiya Arabistoni, BAA va Turkiya kabi mintaqaviy davlatlarga, agar AQSH Eronni nishonga olsa, ushbu mamlakatlarda joylashgan AQSH harbiy bazalariga hujum qilinishi mumkinligini bildirgan.
Erondagi beqarorlik 29-dekabrdan boshlangan boʻlib, milliy valyuta — rial qadrsizlanishi ortidan kelib chiqqan koʻcha namoyishlari qisqa vaqt ichida yirik shaharlarga tarqalgan. Hukumat maʼlumotiga koʻra, tartibsizliklar davomida taxminan 40 nafar huquq-tartibot xodimi halok boʻlgan.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining aytishicha, 8-yanvardan boshlab namoyishchilar orasida “qurollangan terroristlar” paydo boʻlgan. Tehron zoʻravonliklarni tashkil etishda Isroil va AQSHni ayblagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring