A.Qodirov: Jarqoʻrgʻondagi voqea odatlarni oʻzgarayotganligidan dalolat. Muvozanat tiklanmoqda.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga asosan hokimiyat boʻlingan va bir birini muvozanatda ushlab turadi. Prezident davlat boshligʻi sifatida bu muvozanatni boshqaradi.
Nega Oʻzbekistondagi islohotlar deputatlar (qonun chiqaruvchi hokimiyat) va qozilar (sud hokimiyati) hokimiyatini isloh qilishdan boshlandi?
Chunki oʻzini oʻzi obroʻsizlantirgan parlament va sudning samarali ishlashi uchun qaddini tiklash zarur edi.
Xalq koʻzida Parlament “qoʻl koʻtarib tushirib turadigan”, sud hokimiyati esa “pul bersang xohlagan hukmingni chiqarib beradigan” mexanizmga aylanib qolgan edi.
Toʻgʻri, oxirgi 5 yilda har ikkala hokimiyat tubdan oʻzgardi va oʻzgarishda davom etmoqda.
Bugun hukumatdan hisob soʻraydigan, qonun loyihalarini rad etadigan deputat va hech kimdan qoʻrqmasdan adolatli qarorni qabul qila oladigan sudyalar paydo boʻldi.
Albatta, hammasi desak boʻlmaydi, lekin jarayon boshlandi... Xalqning xotirasi 5-10 yilda emas, 40-50 yilda yangilanishini hisobga olsak hurmat va dastakka hali vaqt bor...
Ijro hokimiyati-chi? Xalqimiz yaxshilik qilganga qirq yil qulluq qiladi. Ijro hokimiyati kerak paytda, kerak joyda yoʻlni tekislaydi, arzon narxda un tarqatadi, gaz bosimini koʻtarib beradi... xullas, xalqning “ogʻzini moylaydi”. Odamlar deputat va qozilardan nima yaxshilik koʻribdiki, ularni himoya qilsa... Imkoniyati darajasida yaxshilik qilgan deputatni ikkita odam maqtasa qolgan ikki mingta odam yomonlayveradi. Qozilarda esa yana ham yomonroq holat – har qanday adolatli hukmning ikkinchi tomoni “adolatsiz” boʻlaveradi. Buyogʻi oʻzbekchilik...
Deputat va qozining ishi gap, qogʻoz, hokimiyatniki esa xalqning qozoniga tushadi. Bugun odamlarga huquq va majburiyat, kelajakda holimiz nima boʻladidan gapirma, qozondan gapir...
Yuqorida aytib oʻtilganidek qilinayotgan ishlar natijasida hokimiyatlar orasidagi muvozanat tartibga tushyapti... deputatlar vazirlarni tanqid qilyapti, qozilar hukmlarni hokimlardan olmay qoʻyishdi... qoʻrqmay vakolatlarida bor boʻlganini qilishmoqda. Bu shunday boʻlishi kerak boʻlsa-da odatdagidek emas. Odatlar osongina oʻzgarmaydi, albatta qarshiliklar boʻladi.
Aybdorlar jazolanadi, haqiqat tiklanadi, shubham yoʻq.
Jarqoʻrgʻondagi voqea odatlarni oʻzgarayotganligidan dalolat. Muvozanat tiklanmoqda.
Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring