“Apple” yangi mahsulotlar taqdimoti haqida maʼlum qildi

14:48 25 Oktyabr 2024 Dunyo
319 0

Arxiv foto

“Apple” marketing boʻlimi boshligʻi Greg Josviak yangi kompyuterlarning boʻlajak taqdimotiga ishora qildi. U X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida kelgusi haftada kompaniya bir nechta yangi mahsulotlarni taqdim etishini haqida yozi.

Josviakning soʻzlariga koʻra, birinchi taqdimot kelayotgan dushanba kuni boʻlib oʻtadi.

“Bizni dushanba kuni ertalabdan boshlab hayajonli taqdimotlar haftasi kutmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring, xabardor boʻlib boring. Biz bilan qoling”, deya yozdi u oʻzining sahifasida.

Josviak tomonidan chop etilgan tizerda “Mac” haqida eslatma va “Apple” logotipiga aylanadigan “macOS Finder” belgisining qisqacha lavhasi mavjud.

“Apple” kompaniyasi yangilangan “Mac”, “Mac mini” va “MacBook Pro” modellarini taqdim etishi kutilmoqda.

Oldinroq rossiyalik bloger “Wylsacom M4 Pro” chipsetiga asoslangan hali taqdim etilmagan “MacBook Pro”sharhini eʼlon qilgandi. Bu hatto Gʻarb ommaviy axborot vositalarida ham katta muhokamalar toʻlqiniga sabab boʻldi. Keyinchalik, xuddi shu noutbuklar boshqa rus blogerlarida va hatto savdo maydonchalarida ham oshirilgan narxda paydo boʻldi.

Shuningdek, dushanba kuni iOS 18.1, iPadOS 18.1 va OS Sequoia 15.1 kabi yangilanishlar chiqarilishi ham rejalashtirilgan. Shu sababli, Josviakning oʻzi shama qilganidek, yangi kompyuterlar taqdimotlari seshanba kuni boʻlib oʻtishi yoki hafta davomida davom etishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер