APLda 8 ta gol kiritilgan oʻyin durang natija bilan yakunlandi
Kecha, 15-dekabr kuni APLning 16-turi doirasidagi soʻnggi oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda “Manchester Yunayted” klubi oʻz maydonida “Bornmut”ni qabul qildi.
Uchrashuv 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. “Qizil iblislar” tarkibida gollarga Diallo, Kazemiro, Fernandesh va Kunya mualliflik qildi. “Bornmut”ning javob gollari esa Semenyo, Evanilson, Tavernye va Krupi hisobiga yozildi.
Shu tariqa jamoalar 16-tur oʻyinida 1 ochkodan ishlab oldi. Oʻyindan soʻng “Manchester Yunayted” ustozi Ruben Amorim quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
“Juda hayratdaman. Uchrashuv aqlbovar darajada boʻlib oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda ikki ochko yoʻqotganimiz koʻringandek boʻlishi mumkin, biroq biz birinchi boʻlimning oʻzidayoq gʻalabani qoʻldan chiqargandik. Biz bugungi oʻyinimiz bilan koʻproq narsaga haqlimiz. Biz bunday oʻyinlarda gʻalaba qozonishni oʻrganishimiz kerak, chunki bu juda tez-tez sodir boʻladi. Bu jarayonning bir qismi. Biz hamma narsani qoʻlimizdan kelganicha qilishga harakat qilamiz, lekin baʼzida bu yetarli emas”, — dedi Amorim.
“Manchester Yunayted” — “Bornmut” 4:4
Gollar: Diallo 13, Kazemiro 45, Fernandesh 77, Kunya 79 — Semenyo 40, Evanilson 46, Tavernye 52, Krupi 84.
“Manchester Yunayted”: Lammens, Yoro, Xeven, Shou, Diallo, Kazemiro, Fernandesh, Dalot, Mbeumo, Maunt, Kunya.
“Bornmut”: Petrovich, Smit, Diakite, Senesi, Tryuffer, Tavernye, Adams, Ximenes, Klyuyvert, Semenyo, Evanilson.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring