APLda 2-turning soʻnggi oʻyini boʻlib oʻtdi
Kecha Angliya Premyer-ligasida 2-tur bahslari yakunlandi. Soʻnggi oʻyinda Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi “Nyukasl” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv amaldagi chempionning 2:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 35-daqiqada “mersisaydliklar”ning niderlandiyalik futbolchisi Rayan Gravenberx tomonidan ochildi. Ikkinchi taym boshida jamoaning yangi futbolchisi Yugo Ekitike hisobni 0:2 koʻrinishiga olib keldi.
Birinchi taym yakunida mezbonlar maydonda 1 kishi kam boʻlib qolishdi. Bosh hakam Simon Xuper “Nyukasl”ning markaziy hujumchisi Antoni Gordonni maydondan chetlatdi.
Lekin 1 kishi kam boʻlishiga qaramay, Eddi Xau shogirdlari hisobni tenglashtira oldilar. 57-daqiqada Brunu Gimarayesh, 88-daqiqada esa Villiyam Osula oʻz nomini tabloga yozdirishdi.
Ammo “Liverpul” hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan 10-daqiqada gʻalabani ilib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan jamoaning 17 yoshli hujumchisi Rio Ngumoxa gol kiritib, oʻz jamoasiga gʻalabani tortiq qildi.
Shu tariqa “mersisaydliklar” 1 kishi kam boʻlib oʻynagan “Nyukasl” jamoasi maydonidan qiyin gʻalaba bilan qaytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring