APLda 1-turning markaziy oʻyini boʻlib oʻtdi
Xabaringiz bor, 16-avgust sanasidan Angliya Premyer-ligasi musobaqasining 2025/2026-yilgi mavsumi start oldi. Kecha muxlislar 1-turning markaziy oʻyiniga guvoh boʻlishdi.
Yozgi transferlar oynasida juda faol boʻlgan “Arsenal” mazkur bahsda Ruben Amorim boshchiligidagi “Manchester Yunayted” mehmoni boʻldi.
Bahs “kanonerlar”ning minimal hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “toʻpchilar”ning 35 million yevrolik himoyachisi Rikardo Kalafiori mualliflik qildi.
Shu tariqa Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa mavsumni markaziy oʻyindagi gʻalaba bilan boshladi. Endi “Arsenal” keyingi tur doirasida 23-avgust kuni “Lids” jamoasini qabul qiladi. “Manchester Yunayted” esa 2-turni 24-avgust kuni Londonda “Fulxem”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring