Anhor bogʻida rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda 28-iyul kuni Toshkentdagi Anhor parkida osmondan lentalar yogʻilishi haqida video tarqalgandi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi holatni nazoratga olganini maʼlum qildi.
Oʻrganishda parkdagi Amfiteatrda “lenta-shou” uyushtirilishi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatishi, osmondan lentalar yogʻdirishi aniqlangan.
Vazirlik tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanini tushuntirganini taʼkidlagan va “lenta-shou” bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirtirilgan.
Vazirlik xiyobonlar, dam olish maskanlari, koʻngilochar obyektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular oʻtkazmaslikka chaqirib, ekologiyaga yetkazilgan har qanday zarar uchun qonunda qatʼiy jazo belgilanganini eslatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring