Angrenda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 15 yoshli qizning ahvoli yaxshilanmoqda
Angrenda iyul oyida jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan va hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanayotgan 15 yoshli qizning sogʻligʻida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
2025-yil iyul oyida angrenlik qiz bir necha marta (avval qarindoshi, keyin esa bir guruh yigitlar tomonidan) zoʻravonlikka uchragani haqida xabar berilgan edi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova 18-noyabr kuni shifoxonaga borib, uning holati bilan shaxsan tanishdi.
Bolalar ombudsmani maʼlum qilinishicha, qizning umumiy ahvoli barqarorlashgan, tana vazni oshgan va bosqichma-bosqich ruhiy inqiroz holatidan chiqib boryapti. Psixologlar tomonidan muntazam olib borilayotgan muolajalar ham foyda beryapti.
Qiz ota-onasi va yaqinlariga nisbatan emotsional munosabati, ishonch darajasi, kelgusida qaysi oilaviy muhitda yashashni istashi haqida fikrini bildirgan. Mutaxassislar uning travmatik holatdan toʻliq chiqishi uchun davolanishdan keyin xavfsiz va neytral muhitda yashagani maʼqul ekanligini bildirgan.
Bu ish boʻyicha tergov ishlari tugagan va toʻplangan materiallar sudga yuborilgan. Hozir sud muhokamasi davom etmoqda. Bolalar ombudsmani bu jarayonda qatnashishini va qizni xavfsiz muhitga joylashtirish boʻyicha nazoratni davom ettirishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring