Angela Merkel koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi
Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga qarshi emlangan. U “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining vaksinasining birinchi dozasini olgan.
“Bugun men ”AstraZeneca“ vaksinasining birinchi dozasini olganimdan xursandman. Emlash kampaniyasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan har bir kishiga va barcha emlanganlarga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”, dedi Merkel vaksinatsiyadan keyin.
Shuningdek, u “Emlash pandemiyaga qarshi kurashning asosiy kalitidir” deya qoʻshimcha qilgan.
Merkel 66 yoshda. U “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash mumkin boʻlgan Germaniya fuqarolari guruhiga kiradi. Negaki, ushbu mamlakatda 60 yoshgacha boʻlgan odamlarni mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar tufayli ushbu vaksina bilan emlash toʻxtatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kanslerning emlanganligini tasdiqlovchi hujjatning fotosurati ham joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring