Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida kaltaklangan ayol haqidagi xabar Ombudsman tomonidan oʻrganildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 29-noyabr kuni soat 20:05da Andijon viloyatidagi 3-Tergov hibsxonasida xodimlar mahbus O.Gʻulomovani 1 oylik chaqalogʻi bilan urib, tepib, turli xil uyatli soʻzlar bilan haqorat qilayotganlari haqida xabar eʼlon qilindi.
Mazkur holat boʻyicha bugun, 30-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili jamoatchilik vakillari bilan birgalikda 3-son Tergov hibsxonasida oʻrganishlar olib bordi.
Mahbus O.Gʻulomova bilan suhbat davomida u ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarni tasdiklab, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga shikoyat yozdi. Faqatgina, O.Gʻulomova farzandi olib qoʻyilganligini va oʻzi tinchlantirish xonasiga joylashtirilganligini tasdiqlamadi. Farzandi doim oʻzi bilan birga boʻlgan va tinchlantirish xonasiga joylashtirilmagan.
Shuningdek, holatga aniqlik kiritish maqsadida O.Gʻulomova bilan bir kamerada saqlanayotgan 3 nafar shaxs bilan ham suhbat oʻtkazilib, ulardan ham holat yuzasidan tushuntirishlar olindi.
Shu kuni holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi oʻtkazilib, ekspertiza natijasiga koʻra, O.Gʻulomovaning badanida tan jarohatlari aniqlanmadi.
Toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Qayd etish lozimki, monitoring oʻtkazilgan kunda ona va bolaning sogʻligʻi yaxshi ekani aniqlandi.
Shuningdek, oʻrganish davomida hibsxonadagi kameralarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi tekshirildi. O.Gʻulomova saqlanayotgan va boshqa kameralardagi harorat belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring