Andijonda yuk mashinasi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi

Videodan kadr
Andijon viloyati Asaka tumanida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi aholi xonadonlaridan biriga borib urilib, devorni buzib kirib ketdi. Viloyat YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat 8-aprel kuni soat 13:10 larda Asaka tumani Yangisor mahallasi hududida sodir boʻlgan. Ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanib kelayotgan “Zil MMZ” rusumli yuk transport vositasining tormoz tizimida texnik nosozlik kelib chiqishi oqibatida yoʻl boʻyidagi yashash xonadonga borib urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda koʻrinadiki, yuqori tezlikda harakatlanayotgan yuk mashinasining “kapot”i ochilib haydovchining koʻrish masofasini butunlay cheklab qoʻygan. YTHning asosiy sabablaridan biri ham aynan shu holat boʻlishi mumkin.
Ushbu hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.
“Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi YHXB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring