Andijonda onkologik kasalliklarni davolash imkoni yaratiladi

10:58 09 Sentyabr 2024 Jamiyat
138 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Yevropa xalqaro texnik hamkorligi agentligi (MAGATE) direktori Andijonga keldi. Mahalliy hokimlik bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliyot tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida yangi boʻlimni tashkil etish taklif qilindi.

— Buning natijasida kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va samarali davo usullarini tanlash, onkologik xastaliklarning asoratlangan (4-bosqich) ogʻir formalarini davolash imkoni yaratiladi, — deydi Yeva-Kulli Kala. — Shuningdek, kardiologiya, nevrologiya, pulmonologiya, endokrinologiya, gematologiya, allergologiya, pediatriya, immunologiya, travmatologiya va boshqa yoʻnalishlarda ham erta va aniq tashxis qoʻyish mumkin boʻladi.

Ayni paytda tibbiyot sohasida oʻziga xos yutuqlarga yoʻl ochib beruvchi ushbu loyihani amaliyotga joriy etish ishlari mutaxassislar ishtirokida koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?