Andijonda “Onix” 5 yoshli bolani urib ketdi
Illyustrativ foto
Andijonda “Onix” yoʻldan oʻtayotgan 5 yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2025-yil 21-may kuni soat 20:25larda, Andijon shahar “Oʻzbegim” MFY Mashrab koʻchasida, 2002-yilda tugʻilgan haydovchi M.B. oʻzining “Onix” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 2020-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan A.M.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida, voyaga yetmagan piyoda olgan tan jarohati bilan Respublika SHTTYOIAM Andijon filialiga yotkizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIOFMB Tergov boʻlimi xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi holat joriy yilning 11-avgust kuni ham kuzatilgan edi. Unda ham “Damas” haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan yoʻldan oʻtayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring