Andijonda “xoʻroz arena”si ochib, qimor oʻyini tashkillashtirganlar aniqlandi

Andijonda xoʻroz urishtirish uchun arena tashkil etib, qimor oʻyini tashkillashtirganlar qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi ikki nafar shaxs Qipchaqoʻrgʻon mahallasidagi mevali bogʻda noqonuniy ravishda maxsus arena tashkillashtirib, xoʻroz urishtirish oʻyinini yoʻlga qoʻygan va unda qatnashish uchun fuqarolarni toʻplab, qimor tashkillashtirgan.
Oʻyin davomida ishtirokchilar pul tikib, mablagʻlar noqonuniy taqsimlangan. Voqea joyidan daliliy ashyo sifatida 300 dollar, 1 million 377 ming soʻm pullar va 2 dona xoʻroz olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Oʻzbekistonda qimor oʻyinlarini reklama qilgan ikki nafar vayner sudga berilgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring