Qimor xizmatlarini reklama qilgani uchun ikki bloger javobgarlikka tortildi
Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qimor xizmatlarini reklama qilgan ikki blogerga nisbatan choralar koʻrdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida yuz minglab obunachilarga ega ayrim blogerlar oʻz sahifalarida “Melbet” bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani aniqlangan.
Xususan, A.X. (amirxon_uzbek) va D.I. (donik_krash) ismli blogerlarning videoroliklarida ushbu bukmekerlik kompaniyasi faoliyati targʻib qilingan.
Ular belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida“gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi, — deya taʼkidladi qoʻmita vakillari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring