Andijonda xitoylik hamkorlar bilan muqobil energiya manbalari joriy etiladi
Foto: Xalq so‘zi
Ayni paytda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Delegatsiya aʼzolari hozirgacha muqobil energiya tizimi boʻyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazdilar.
Jumladan, Xebey provinsiyasida joylashgan “Yingli solar” kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuvga binoan Asaka tumanining foydalanilmay turgan adirlik qismidagi 150 gektar yer maydonida quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladigan, Ulugʻnor, Baliqchi, Asaka tumanlarida gidroelektrostansiyalari quriladigan boʻldi. Buning uchun hamkor tomon 20 mln. dollarlik investitsiya kiritadi.
“China Huadiang Engineering” kompaniyasida boʻlib oʻtgan muzokara natijasida esa joriy yilning iyul oyida “Yangi Andijon” massivida quyosh fotoelektr stansiyasini qurishga kelishib olindi. Shu bilan birga Ulugʻnor tumanida gidroelektrostansiyasini qurish imkoniyatlari oʻrganiladigan boʻldi. Shuningdek, avgust oyida mazkur kompaniya vakillari Andijon viloyatiga tashrif buyurib, quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha oʻquv seminari tashkil qilish boʻyicha kelishuvga erishildi. Oʻz oʻrnida sentyabr oyida Andijon viloyatidan 10 nafar mutaxassislar Xitoy davlatida malaka oshiradilar.
Viloyat delegatsiyasi yana bir muqobil energiya tizimlari ishlab chiqaruvchi “Zhong Tei" ga tashrif buyurdi. Kompaniya tomonidan joriy yilning may oyida Andijon viloyatiga quyosh panellarini yetkazib berish boʻyicha oʻzaro kelishuv imzolandi.
Andijonlik delegatsiya ishtirokchilarining xizmat safari davom etmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring