Andijonda ichkilikka ruju qoʻygan er xotinini urib oʻldirdi
“Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov/Andijon. Paxtaobod tumanida yana bir mudhish voqea yuz berdi. Tumandagi fermer xoʻjaliklaridan birining rahbari uzoq yillardan buyon umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlab kelayotgan turmush oʻrtogʻini urib oʻldirdi.
Tergovoldi surishtiruv ishlari davom etayotganligi sababli aniq manzil va ism-shariflar haqida aniq maʼlumot bera olmaymiz.
Maʼlum boʻlishicha, oila oʻrtasidagi mudhish voqeaga oʻzaro kelishmovchilik, xususan, erning spirtli ichimlik ichishga moyilligi sabab boʻlgan.
Yaʼni, ikki farzandning otasi boʻlmish oila boshligʻi mudhish voqea yuz bergan kuni oʻz xonadonida spirtli ichimlik isteʼmol qilmoqchi boʻlgan. Bundan dili ranjigan ayol eʼtiroz bildirgan va buning oʻrniga qishki mavsumga tayyorgarlik koʻrishga chaqirgan. Ichkisi kelib turgan erkak esa xotinini aroq shishasi va temir parchasi bilan urib (savalab), tanasining turli qismlariga 72 ta tan jarohati yetkazgan. Koʻp miqdorda olingan tan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida hayotdan koʻz yumgan. Ichkilikka ruju qoʻygan oila boshligʻi ayni paytda Paxtaobod tuman prokuraturasida koʻrsatma bermoqda.
“Xalq soʻzi Online” mazkur voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda va batafsil maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring