Andijonda yetishtirilayotgan golland atirgullari MDH davlatlariga eksport qilinmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Golland atirgullari dunyoga mashhur. Gul doʻkonlarning eng qimmatbaho rastalarida turadi. Gulchilar mehr bilan parvarishlaydi, sotuvchilarga yaxshigina daromad keltiradi.
Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin” agrofirmasi ham kelgusida oʻz xoʻjaligini atirgul klasteriga aylantirish niyatida. Tuman hokimligi tomonidan 10 gektar yer maydoni ajratib berildi. Endi agrofirma 20 gektar yer maydoniga ega.

— Hovlimizdagi tomorqaga, uyimizga yaqin daladagi tutzor oraligʻiga atirgul koʻchatlarini ekib, daromad topardik, — deydi agrofirma rahbari Alisher Xoʻjamov. — 2015-yilda ushbu agrofirmani tashkil etdik. Dastlab koʻchat sotish bilan shugʻullangan boʻlsak, keyinchalik gul sota boshladik. Hozirga kelib yaproqlardan tayyorlangan sharbat ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻyganmiz.
Ayni paytda xoʻjalikda 80 nafar yoshlar doimiy ish bilan taʼminlangan. Ularning samarali mehnatlari tufayli 500 turdan ziyod atirgullar mahalliy sharoitga moslashtirildi. Dastlab ichki bozor ehtiyoji qondirilgan boʻlsa, hozirda MDH davlatlariga bir yilda oʻrtacha 550 ming AQSH dollari miqdoridagi eksport faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tez orada atirgul sharbatini qadoqlash, yaproqlaridan parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring