Andijonda yer maydonlarini noqonuniy oʻzlashtirgan shaxslarga nisbatan 84 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Foto: Xalq so‘zi
Umummilliy boyligimiz – yer resurslaridan samarali foydalanishning qonun bilan tartibga solinishi pirovardida uni asrab-avaylashga, hech bir qarichi zavol boʻlmasligini taʼminlashga xizmat qiladi. Garchi bu boradagi tushuntirish va targʻibot ishlari koʻlami tobora kengayib borayotgan boʻlsada, yerdan foydalanishda ayrim noqonuniy xatti-harakatlar, oʻzboshimchalik kayfiyati hamon kuzatilayotgani esa sir emas.
Andijon tumanidagi “Yorboshi” MFYda istiqomat qiluvchi Alijon Hoshimov (ism-sharifi oʻzgartirildi) mahallaga qarashli 0,25 gektar yer maydonini oʻzlashtirib, amaldagi tartiblarga zid xatti-harakatni sodir etgani aniqlandi. Oʻziga xon, koʻlankasi maydon bu shovvoz shu bilan kifoyalanib qolmay, Asaka tumani Yoqubov nomidagi massivda ham 0,06 gektar yer maydonidan oʻzboshimchalik bilan foydalanib kelgan.
— Afsuski, joriy yilning shu davriga qadar Andijon viloyatining oʻzida 936 ta shu kabi holat qayd etildi, — deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Fayoziddin Berdiqulov. — Natijada 145,4 gektar yer maydoniga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzaga kelgan. Ushbu holatlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlarga qaramay, 308 ta holatda noqonuniy qurilmalarni majburiy tarzda buzish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga daʼvo arizasini kiritishga toʻgʻri keldi. Achinarlisi shundaki, 173 ta holatda yer bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilgani aniqlandi. Ularning 84 tasiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Shuningdek, yer bilan bogʻliq noqonuniy xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari tufayli 4 ming 148 nafar yuridik va jismoniy shaxslarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularga nisbatan 8 mlrd. 946 mln. 180 ming soʻm miqdoridagi jarima choralari qoʻllanildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring