Andijonda ayollar kiyimidagi erkak qoʻlga olindi

11:21 22 Avgust 2024 Jamiyat
58 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrida oʻzining nooʻrin xatti-harakati bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari eʼtiborini tortgan “ayol” toʻxtatilib, surishtiruvga jalb etildi. Shunda u ayol emas, 24 yoshli yigit ekanligi oydinlashdi.

— Shu yilning 22-iyul kuni yuzimni tanib boʻlmas darajada toʻsib olib, jamoat joyida shaxsimni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda yurganligim rost, — deydi ayblanuvchi surishtiruv jarayonida. — Bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Fuqaroning ushbu xatti-harakati jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudida koʻrib chiqildi. Amaldagi tartiblarga binoan chora qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер