Andijonda 60 mingga yaqin obyekt xatlovdan oʻtkazildi

12:07 29 Sentyabr 2025 Jamiyat
152 0

Mamlakatimizda yerdan unumli foydalanish, xususiy mulkni himoya qilishni taʼminlash va uy-joylarni rasmiylashtirishga oid tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida bu boradagi jarayonga guvoh boʻldik.

Tadbirda qayd etilishicha, shu yilning oʻtgan davri mobaynida Andijon viloyatidagi 292 ta mahallada xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish va huquqiy hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, hozirga qadar 59 ming 768 ta koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkazilgan.

— Bu jarayon fuqarolarning mulk huquqini mustahkamlash, turmush sharoitini yaxshilash hamda huquqiy muammolarini bartaraf etishga qaratilgan, — deydi Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Otamurodov. — Shu bois aholi ham xatlov ishlariga sharoit yaratib berishi zarur. Aksariyat hollarda uy egalarining yoʻqligi tufayli bu jarayon ortga surilmoqda. Vaholanki, fuqaroning uyda boʻlmasligi ikki yon qoʻshnisini xatlovdan oʻtkazish amaliyotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Press-tur davomida Asaka hamda Shahrixon tumanlarida olib borilayotgan ishlar namoyish etildi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер