Andijonda 511 gektar yerda zamonaviy issiqxonalar yaratiladi
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Asaka tumanida nethouse uslubida zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda. Xoʻsh, bu qanday issiqxona? Uning afzallik jihatlari nimada?

— “Nethouse” soʻzini oʻzbek tiliga tarjima qilganda, “Toʻrli uy” maʼnosini anglatadi, — deydi loyiha rahbari Sherzodbek Saidov. — Bu turdagi issiqxonalar yozgi faoliyatga moslashgan boʻlib, ustki qismi maxsus toʻr bilan qoplanadi. Qoplama quyoshning ultrabinafsha nurini qaytarib, oʻsimlikni kerakli mikdordagi oftob nuri va issiqlik bilan taʼminlab beradi. Toʻrning ustidan fitohimoyalangan qoplama tortilishi evaziga ekinlarga kimyoviy ishlov berilmaydi. Shu bois bu kabi issiqxonalarda yetishtirilgan hosil yuz foiz ekologik toza va xavfsiz hisoblanadi. Qolaversa, ochiq maydonda parvarishlangan oʻsimlikka nisbatan besh barobar koʻp hosil beradi. Eng muhimi, bu uslubda yetishtirilgan meva-sabzavotlar jahon bozorida xaridorgir.
Tumanning Alisher Navoiy nomidagi massivida qurilayotgan ushbu issiqxonada bir yilda 7 ming tonna hosil yetishtirish koʻzda tutilgan. Buning natijasida davlat byudjetiga 9 mlrd. soʻm mablagʻ kelib tushadi va, asosiysi, 600 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Shu oyning oxirida ishga tushiriladigan maskanda parvarishlash uchun Ispaniyadan golubika va malina koʻchatlari olib kelindi.
Viloyatda bu kabi issiqxonalar koʻlamini oshirish maqsadida 511 gektar yer maydoni ajratildi. Ahamiyatli jihati shundaki, ular foydalanilmay turgan adirliklarda barpo etilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring