Andijon shahrida zargarlik klasteri ish boshladi

11:49 22 Aprel 2025 Jamiyat
279 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 18-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash doirasidagi ishlar salmogʻi tobora ortib bormoqda. Andijon shahrida ish boshlagan zargarlik klasterida ham zargarlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ishlab chiqarish sexi, koʻrgazma zali va sotuv boʻlimi tashkil etilgan. Xaridorlar uchun esa tamaddixonalar va boshqa xizmat koʻrsatish turlari mavjud.

Avvallari zargarlar tarqoq holatda ishlashgan, — deydi “Ayista Gold” korxonasi rahbari Irodaxon Neʼmatova. — Bu zaruriy qulayliklarning yetishmasligiga sabab boʻldi. Masalan, xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarish borasida bir qancha muammolar mavjud edi. Endilikda barcha masalalar ijobiy yechim topdi.

Ayni paytda ushbu klasterda 50 ta ish oʻrni yaratildi. Ular tomonidan bir yilda 200 xil turdagi 60 kilogramm zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?