Andijon shahrida 1,5 milliard soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida YATT “X.Yo.” Andijon shahri, “Paxtakor” MFY hududidagi “Ts.” MCHJga tegishli binoda “Suxariki kiriyeshki” mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib olganligi fosh etilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida, jami 1,5 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring