Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi AQSH kamonchilariga yutqazib qoʻydi

14:53 02 Avgust 2024 Sport
327 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Kamondan oʻq otish boʻyicha ilk bor olimpiadada qatnashayotgan Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova juftligi miks (juftlik) bahslarida qatnashdi.

Shu tariqa, olimpiya oʻyinlarida kamondan otish sportida debyut qilgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun musobaqa nihoyasiga yetdi.

Aralash juftlik dasturining 1/8 finalida ishtirok etgan Sodiqov hamda Abdusattorova juftligi Bredi Ellison va Kezey Kauxold (AQSH) tandemiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va oʻz ishtirokini yakunladi.

Qayd etish kerakki, AQSH mazkur turnirning eng tajribali jamoalaridan hisoblanadi.

Avvalroq, Ruslan Abdullayev oʻzining birinchi Olimpiadasida tushunarsiz qarorlar ortidan turnirni tark etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер