“Amir Temur jangovar bayrogʻi” Samarqandga olib kelindi

22:45 17 Yanvar 2023 Siyosat
1023 0

Foto: Халқ сўзи

Davlatimiz rahbari qarori asosida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar tayyorgarligini oshirish va harbiy anʼanalarni yanada mustahkamlash maqsadida “Amir Temur jangovar bayrogʻi” uchun musobaqasi yoʻlga qoʻyilganidan xabaringiz bor.

Foto: Халқ сўзи

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Prezidentimiz Farmoni bilan Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Aybek Saidov “General-mayor” harbiy unvoni va “Amir Temur jangovar bayrogʻi” mukofoti bilan taqdirlandi va qoʻmondonga “Amir Temur jangovar bayrogʻi” topshirilgan edi.

Foto: Халқ сўзи

Bugun ushbu bayroq Samarqandga olib kelindi. Dastlab Bulungʻur va Jomboy tumanlaridagi markaziy koʻchalarda, soʻng Samarqand shahridagi Koʻksaroy maydonida harbiylar, deputatlar, yoshlar, sportchilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida “Amir Temur jangovar bayrogʻi” koʻtarinki ruhda kutib olindi.

Foto: Халқ сўзи

Tadbirda Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi va barcha samarqandliklarni “Amir Temur jangovar bayrogʻi” qoʻlga kiritilgani bilan tabrikladi va bu barcha uchun gʻurur, iftixor ekanini taʼkidladi.

Foto: Халқ сўзи

Tadbirdan keyin Amir Temur haykali oldida bayroq bilan esdalik suratlari tarixga muhrlandi va Registon maydonida harbiy parad tashkil etilib, shahar koʻchalari boʻylab “Amir Temur jangovar bayrogʻi” tantanali olib oʻtildi.

Foto: Халқ сўзи

Ushbu tadbir yoshlarimizning buyuk ajdodlarimizga munosib mard va jasur, ona Vatanga sadoqat ruhida kamol topishi uchun xizmat qilishi bilan gʻoyatda ahamiyatlidir.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?