Amerikaning CNN telekompaniyasi “60 Second Economy Uzbekistan” nomli videorolikni eʼlon qildi
Amerikaning CNN telekompaniyasi tomonidan “60 Second Economy Uzbekistan” nomli videorolik eʼlon qilindi. Material dunyoning turli mamlakatlaridagi iqtisodiy faktlar haqida hikoya qiluvchi “60 Second Economy” loyihasi doirasida nashr etilgan.
Oʻzbekiston iqtisodiyotiga oid asosiy va qiziqarli faktlarni oʻz ichiga olgan videorolik joriy yil mart oyi davomida efirga uzatiladi. Videorolikda Oʻzbekiston oltin qazib olish va paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻnta davlatdan biri ekani, uning asosiy savdo hamkorlari esa Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston va Turkiya ekani haqida soʻz boradi.
Materialda qayd etilishicha, 2030-yilga borib Oʻzbekiston sayyohlar sonini 15 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. “Mamlakat bunga turizmni jadal isloh qilish va infratuzilmani rivojlantirish orqali erishishga intilmoqda”, deyiladi CNN muharrirlari tomonidan tayyorlangan maqolada.
CNN tunu kun yangiliklarni yorituvchi birinchi telekanal hisoblanadi. CNN doimiy obunachi sifatida dunyo boʻylab 449 million nafardan ortiq teletomoshabinga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni: Twitter – 62,3 million, Facebook – 40 million, Instagram – 19,8 million, YouTube – 16,1 million. Dunyo boʻylab CNN telekanalida 4 mingga yaqin jurnalist ishlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring