Amaliy yordam koʻrsatilib, shaxsiy tarkib bilan davra suhbatlari oʻtkazildi

10:50 01 Avgust 2023 Jamiyat
288 0

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari polkovnik Sh.N.Rahmonov tomonidan 2023-yil 29-may kuni tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, Vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining hududiy Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadlari va Portlash xavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish boʻyicha Maxsus otryadlarining xizmat faoliyati, xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi, ijrochilik intizomi, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhit, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ahvoli oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati hududiy IIBlarning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshliqlari bilan hamkorlikda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari IIBlari maxsus boʻlinmalarida navbatdagi oʻrganishlarni amalga oshirib, shaxsiy tarkib bilan davra suhbatlarini oʻtkazdilar.

Oʻrganish natijalari boʻyicha kelgusida shaxsiy tarkibning jangovar, jismoniy, psixologik kasbiy va professional tayyorgarligini yanada yuqori darajaga olib chiqish, xizmat intizomi buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, “xodimbay” amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha natijadorlikka erishish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Suhbat yakunida shaxsiy tarkibdan anonim soʻrovnomalar olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?