Amaliy harakatga chorlagan targ‘ibot
Foto: “Xalq so‘zi”
Salomatlik va sog‘lom hayot - bebaho boylik, bu boylikni asrash esa, avvalo, o‘zimizga, turmush tarzimizga bevosita bog‘liq. Shuning bilan birga ayni mavzuni vaqti-vaqti bilan jamiyatda targ‘ibot qilish amaliy zaruratdir. Hududlarda o‘tkazilayotgan “Salomatlik uchun 5000 qadam” loyihasi zamiridagi maqsad ham shu aslida.
Andijon viloyatida loyiha doirasidagi tadbirlarda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz qamrab olinmoqda. Xususan, Oltinko‘l tumanida bo‘lib o‘tgan marafonda ham yuzlab ishtirokchilar nafaqat besh ming qadam piyoda yurdilar, balki sportning o‘nlab turlari bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda ham ishtirok etdilar.
-Yoshim 72 da ,- deydi “Maslahat” MFYda istiqomat qiluvchi Omina opa Salimova. –Yuragimda toliqish bor edi. Holsizlanar edim, piyoda ozgina yursam, nafas olishga qiynalib qolardim. Shifokorlarning maslahati bilan har tong namozdan keyin maʼlum masofani piyoda bosib o‘tishni odat qildim. Hozir sog‘ligimdan shikoyatim yo‘q. Ancha-muncha yoshlar bilan bemalol bellasha olaman. Maslahatim, piyoda ko‘proq yuringlar.
Butun jahonga o‘z hukmini o‘tkazayotgan pandemiya jismoniy harakat biz uchun nechog‘li ahamiyatli ekanligini yana bir bor eslatdi. Shunday ekan, sog‘lom hayotda yashashni istagan odam borki, harakatda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring