Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga yangi rahbar tayinlandi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida shu yilning 21-oktabr kuni yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrilib, Oʻzbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlandi.
Shu kunga qadar mazkur lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan Mahmud Murodov rahbariyat va jamoa ishtirokida nafaqaga kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring