“Aleksandr Usik, Entoni Joshua — ular bilan jangga tayyorman”: Bahodir Jalolov chempionlik jangi oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi

Bugun, 5-aprel kuni Astana shahrida professional boks faoliyatidagi 15-jangini oʻtkazadigan Bahodir Jalolov “The Ring” nashriga intervyu berdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi.
Maʼlumki, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni boʻlgan superogʻir vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov bugun Astanada “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan turnir doirasida ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga koʻtariladi.
Bahodir Jalolov Turki Al ash-Sheyxga tegishli “The Ring” jurnali muxbiriga bergan intervyusida superogʻir vazn toifasida WBC, WBA va WBO yoʻnalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik, shuningdek, britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.
“Men chempionlik yoʻlida uzoq yoʻlni bosib oʻtdim. Professional boksda oʻz oldimga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirish fursati yetib keldi. Imkon qadar tezroq chempionlik jangini qoʻlga kiritishni istayman. Men jahon chempionlik kamari uchun kechadigan janglarga tayyorman. Usik, Joshua — ular bilan jangga tayyorman”, — degan Jalolov “The Ring” jurnaliga bergan intervyusida.
Maʼlumot uchun, bugun Qozogʻistonning Astana shahrida tashkil etiladigan boks kechasida yana bir bokschimiz, yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq daʼvogar Otabek Xolmatov ham ringga koʻtariladi.
Bokschilar kecha, 4-aprel kuni turnir oldidan vazn oʻlchash hamda “face to face” marosimlarida ishtirok etishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring