Akusherlik va ginekologiya markazida saratonning 12 turiga tashxis qoʻyish imkoniyati yaratilgan

17:40 14 Fevral 2023 Jamiyat
619 0

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi innovatsion texnologiyalar, ilgʻor diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish hamda joriy qilish borasida samarali ish olib bormoqda.

Muassasa 10 ta klinik boʻlimdan iborat. 178 oʻringa moʻljallangan klinika, maslahat poliklinikasi, ilmiy kengash va 14 ta hududiy boʻlinmaga ega.

Shuningdek, uning negizida 5 ta boʻlinmani oʻz ichiga olgan yirik laboratoriya boʻlimi ham mavjud.

Mazkur tuzilma tarkibiga gemostaz, klinik immunologiya, klinik va biokimyoviy, bakteriologik hamda sitologiya laboratoriyalari kiradi.

Boʻlim zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, tahlillar:

— serologik, mikrobiologik,

— ferment bilan bogʻliq immunosorbent,

— sitologik,

— gistologik,

— genetik,

— diagnostik usullar orqali amalga oshiriladi.

— Oʻtgan yili sitologiya laboratoriyasi tashkil etilgach, xotin-qizlar oʻrtasida saraton kasalligining oldini olish va unga erta tashxis qoʻyish borasida katta imkoniyatlarga ega boʻldik, — deydi markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori Natalya Nodirxonova. — Bu yerda oʻtkaziladigan tahlillar orqali saratonning 12 turini aniqlash mumkin.

Markaz laboratoriyasiga oʻrnatilgan gematologik va biokimyoviy mashinalar 28 ta qon parametrlarini aniqlashga moʻljallangan. Xususan, bu yerda qandli diabetga erta bosqichda tashxis qoʻyish imkoniyati mavjud. Qolaversa, homilaning 24-28 haftasida ayollar uchun glyukosotolerant testlar ham oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?