AKT sohasidagi oʻquv kurslari uchun taʼlim krediti ajratiladi

10:42 13 Avgust 2022 Jamiyat
586 0

Illustrativ foto

“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 12.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq 2022-yil 1-oktyabrdan nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida oʻqishi uchun taʼlim krediti ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda taʼlim kreditlari:

Markaziy bankning asosiy stavkasida (15%);

BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun taʼlim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.

2022-yil 1-noyabrdan IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning oʻquv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) isteʼmol kreditlari ajratiladi.

Bunda isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?