Axsikent yirik sayyohlik markaziga aylanmoqda
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Axsikent yodgorligi uch ming yillik tarixga ega. Oʻz davrida gullab-yashnagan koʻhna shahar kuchli zilzila tufayli tanazzulga yuz tutganidan soʻng uning butun sir-asrorlari tuproq ostida qolib ketgan.
Keyingi paytlarda qadimiy shahristonga yashiringan maʼnaviy xazina koʻzini ochish va xalqimizga yetkazish borasidagi ishlar jadallashdi. Ayni paytda yodgorlik majmuasini zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi markazga aylantirish borasida keng koʻlamli bunyodkorlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
— Yodgorlik obyektida toʻrtta ochiq osmon ostidagi muzeylar oʻziga xos uslubda qurilyapti, — deydi majmua bosh meʼmori Guray Kaymak. — Ularning ustini yogʻoch konstruksiya asosida yuqori chidamli material bilan yopamiz. Ishlar reja asosida davom etmoqda. Yengil konstruksiyali eksponatlar muzeyi va yodgorlikni yuqori qismi bilan bogʻlovchi tarixiylikni oʻzida aks ettirgan soʻqmoq yoʻl loyihasini ham ishlab chiqmoqdamiz.
Joriy yilda Axsikentda tarixiy manbalarni saqlashga moʻljallangan topilmalar muzeyidan tashqari amfiteatr, Sirdaryo sohilida ekoturizm tizimini barpo etish koʻzda tutilgan. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan mehmonxonalar tarmogʻi ham quriladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Axsikentga oʻtgan yili yigirma mingdan ortiq mahalliy, mingdan ziyod xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Yaqin vaqt ichida ishga tushiriladigan obyektlar hisobiga sayyohlar salmogʻi keskin ortishi kutilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring