Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga taʼlim sayohatiga yuboriladi

11:51 26 Mart 2024 Jamiyat
325 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yoʻnalishdagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Raqamli avlod qizlari-2024» Respublika tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda oflayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

— Digital Art,

— 3D Modelling,

— Sunʼiy intellekt,

— Startap loyihalar,

— Grafik dizayn kabi yoʻnalishlarda gibrid darslar oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida «Liderlar maktabi» yoʻnalishi qoʻshilgan boʻlib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida maʼlumot berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?