Akbarobodda ekoturizm maskani tashkil etiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni paytda Quva tumanida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” umummilliy harakati doirasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Ayni jarayonda tumanning “Akbarobod” MFY hududida boʻsh turgan va unumsiz besh gektar yerda intensiv baliqchilik markazi tashkil etilib, birinchi bosqichda bir yuzu oʻttizdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. Shu maqsadda hozirda sunʼiy hovuzlarni tayyorlash ishlariga kirishildi.


—Baliqchilik hovuzlari kooperatsiya asosida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga boʻlib beriladi,—deydi Quva tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Alisher Anvarov.—Kooperatsiya aʼzolari qisqa muddatli oʻquv kursida oʻqitilib, Afrika laqqa baligʻini boqish boʻyicha ilmiy-amaliy tajribaga ega boʻlishi taʼminlanadi. Tayyor mahsulot kooperatsiya tomonidan sotib olinadi.
Shuningdek, loyihaning ikkinchi bosqichida Ekoturizm maskani barpo etish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring